Surxondaryoda 26 yoshli ayol mast holatdagi otasini pichoqlab qo‘ydi

Surxondaryoda 26 yoshli ayol mast holatdagi otasini pichoqlab qo‘ydi
Foto: IIV
2019 yil 9 iyul kuni soat 20:30 atrofida Surxondaryo viloyatining Angor tumanida yashovchi 26 yoshli Sh.M. ismli ayol uyida o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan otasi 50 yoshli Sh.Yu.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hodisa oqibatida Sh.Yu. kasalxonaga yotqizilib, Sh.M. ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar