12:47 / 22.07.2019
3 193

Qator bitimlarni majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi

Qator bitimlarni majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi.

Hujjatga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan mol-mulklar bilan bog‘liq bitimlarni notarial rasmiylashtirishda quyidagi talablar bekor qilinishi mumkin:

a) uy-joyni boshqa shaxsga o‘tkazishda (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta va umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish), garovga (ipotekaga) qo‘yishda, ijaraga (arendaga), tekin foydalanishga berishda:
- uy-joyda doimiy ro‘yxatda turuvchi mulkdor bo‘lmagan shaxslarning roziligini olish;
- xususiylashtirilgan uy-joy mulkdori oilasining birgalikda yashovchi barcha voyaga yetgan a’zolarining hamda xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslarning roziligini olish;
- qurilishi tugallanmagan uy-joylarni tasarruf etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari ruxsatini olish;

b) mol-mulklarni ijaraga (arendaga), tekin foydalanishga berishda:
- vasiylikdagi shaxs nomidan notarial tartibda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan mol-mulkni begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lmagan bitimlar tuzishda vasiylik va homiylik organlarining ruxsatini olish;
- garov narsasidan belgilangan maqsadga muvofiq foydalanishda garovga oluvchining roziligini olish.

Quyidagi bitimlarni majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi:

2019 yil 1 oktyabrdan – transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisida ko‘rsatilgan transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) o‘rtasida transport vositasidan foydalanish to‘g‘risidagi ishonchnomani;

2020 yil 1 yanvardan – yuridik shaxslarning, xususan bank va boshqa kredit tashkilotlarining korxonani ijaraga, tekin foydalanishga berish, yangi ko‘chmas mulk va transport vositalari bo‘yicha lizing, garov (ipoteka) shartnomalarini. Bunda, garov (ipoteka) shartnomalarini rasmiylashtirgan bank va boshqa kredit tashkilotlari mol-mulkka taqiq qo‘yish va yechishni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali mustaqil amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda bank va boshqa kredit tashkilotlariga mazkur bandda nazarda tutilgan garov (ipoteka) shartnomalari doirasida taqiq qo‘yish va yechish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha choralar ko‘radi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qator bitimlarni majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi