5 383
Inspeksiya tomonidan Toshkent viloyatida g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekilishi ta’minlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi “2019 yilda g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish va talab etiladigan moddiy texnika resurslarini o‘z muddatida yetkazib berish choralari to‘g‘risida”gi 01-03/1-1649-sonli bayoni hamda Inspeksiyaning 2019 yil 02 iyuldagi 13-sonli buyrug‘i qabul qilingan bo‘lib, inpeksiya xodimlari tomonidan 2019 yil g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish uchun yerlarni tayyorlash, ekish, talab etiladigan moddiy texnika resurslarini yetkazib berish, agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, urug‘liklar zahirasini yaratish va ularni sertifikatlash hamda ekinlarni ekish uchun ajratiladigan suvdan foydalanish bo‘yicha nazorat o‘rnatilgan.
Joriy yilda Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar aholisini yuqori sifatli, sara qishloq xo‘jalik mahsulotlarini bilan ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatda g‘alladan bo‘shagan 113.283 gektar maydonlarga takroriy ekin ekilishi belgilangan. Takroriy ekin ekish belgilangan maydonlarning 87.364 gektariga qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘lari hamda qo‘chatlari qadalgan bo‘lib shundan, 16.779 gektariga sabzavot (pomidor, bodring, sabzi, karam, sholg‘om, turp, oshlavlagi, baqlajon, ko‘katlar), 7.726 gektariga kartoshka, 500 gektariga poliz, 44.861 gektariga dukkakli, 17.013 gektariga ozuqa ekinlar, 485 gektariga kunjut va tariq ekinlari ekilgan.
Ushbu maydonlarda ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish maqsadida fermer xo‘jaliklari tomonidan kechiktirib bo‘lmaydigan agrotexnik tadbirlarning bajarilishida “Agroinspeksiya”ning viloyat hamda tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilib kelinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?