Bojxonachilar tomonidan bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlab, turli noqonuniy yo‘llar bilan tovar moddiy boyliklarini yurtimizga olib kirishga urinayotgan kimsalarning qing‘ir ishlari o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Nukus” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan olib kelingan yuklarning hujjatlar bilan mutanosibligi tekshirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Tekshiruv jarayonida, xorijdan mamlakatimizdagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan, qiymati 1580 AQSh dollariga teng bo‘lgan “metall simlarni cho‘zishda ishlatiladigan kukunsimon moylash vositasi” tovariga bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan tashqi iqtisodiy tovar nomenklatura kodlari to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi.
Qonunbuzarlar kodlarni almashtirish evaziga bojxona to‘lovlaridan 21 million so‘mni “tejash”ga uringanligi fosh bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti