Foto: Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati
Farg‘ona shahrida joylashgan tug‘ruqxonalardan birida ishlab kelayotgan shifokor, akusher-ginekolog Farg‘ona shahar ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan. Uch nafar (bir qiz va ikki yigit) o‘smir go‘yoki uning ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini internet orqali ommaga xabar qilishini va uning o‘zini yo‘q qilib yuborishlarini aytib qo‘rqitgan. Bu ishlarni qilmasliklari uchun esa undan ko‘p miqdorda pul talab qilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmatiga tayanib «Daryo» xabar qildi.
Uni tungi soat 12 larda Rishton tumanidagi xilvat joyga olib borib, ham ruhan, ham jismonan azob berishgan. Shifokorni kaltaklab, uning yonidagi barcha moddiy boyliklarini olib, o‘zini esa Oltiariq tumanidan o‘tuvchi magistral yo‘l yoqasiga tashlab ketishgan.
Tezkor qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida bezorilar qo‘lga olindi va tortib olingan moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi (Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi