
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yildi.
Xususan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X.J.ning noqonuniy xatti-harakati fosh etildi.
Ushbu shaxs, “Gazel” rusumli avtomashina yukxonasiga yuklangan, hech qanday tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan 3000 dona qo‘l uchun tibbiy antiseptik gigiyenik gellarni 28 300 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar