19:42 / 25.07.2019
2 820

“Jentra”ga yashirilgan elektron tamakilar fosh etildi

“Jentra”ga yashirilgan elektron tamakilar fosh etildi
Bojxonachilar tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan fuqarolar qonunbuzilishi holatlarini sodir etmasliklari uchun muntazam ravishda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Lekin, ayrim fuqarolarning xorijda ishlab chiqarilgan, ammo bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan tamaki mahsulotlarni respublikamizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlari hamon uchramoqda.

Ana shunday holatlarning biri “Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlandi.Ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro N.E.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, ushbu shaxsning yuklari orasidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovida aytilmagan qiymati 17,1 million so‘mlik, 760 quti tamaki mahsulotlari va 110 quti elektron tamaki mahsulotlari borligi fosh qilindi.

Shuningdek, mazkur post xodimlari tomonidan yana bir shunday holat o‘z vaqtida bartaraf qilindi. Qo‘shni mamlakatdan o‘zining “Jentra” rusumli avtotransport vositasini boshqarib kelgan fuqaro N.A. belgilangan tartibda xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, uning yuklari orasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida aytilmagan, qiymati 22,2 million so‘mlik 10 dona tamaki chekish uchun qurilma va 950 quti elektron tamaki mahsulotlarini borligi aniqlandi.

“S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ham tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o‘tilishi xolati fosh etildi. Ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro X.M.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, ushbu shaxs umumiy qiymati 1,6 million so‘mlik 90 quti tamaki mahsulotlarini qo‘shni davlatdan noqonuniy olib kirishga uringan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Jentra”ga yashirilgan elektron tamakilar fosh etildi