Qashqadaryoda yonma-yon turgan Nexia va Matiz mashinalari yonib ketdi (foto)

Qashqadaryoda yonma-yon turgan Nexia va Matiz mashinalari yonib ketdi (foto)
Foto: Zarnews
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar «Sho‘rtan» Mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan ko‘p qavatli 5-uyning oldida A.X.ga tegishli Nexia va Matiz mashinalarida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Zarnews.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 28 iyul kuni soat 03:28 da sodir bo‘lgan. Ko‘rsatilgan manzilga 2 ta o‘t o‘chirish mashinlari jalb etilgan. Ular voqea joyiga soat 03:36 da yetib borgan va yong‘in soat 03:53 da to‘liq bartaraf etilgan.
Qashqadaryoda yonma-yon turgan Nexia va Matiz mashinalari yonib ketdi (foto)
Foto: Zarnews
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in holati yuzasidan tergov organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘in sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar