3 016
IIBB: Farzandini avtomobil oynasiga mindirgan onaga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi
Telegram kanallardan birida video e’lon qilindi. Unda “Spark” rusumli avtomobil yo‘lovchisi oynada o‘tirgan holda ketayotgani aks etgan.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, haydovchi va yo‘lovchining shaxslari aniqlandi. Avtomobilni 44 yoshli N.B. boshqarib borgan bo‘lsa, oynada o‘tirgan qiz uning 9 yoshli farzandi bo‘lgan.
Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi (“Piyodalar va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi”) 4-qismi (“Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish”) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma tuzilgan bo‘lib, eng kam ish haqining bir baravari miqdorida jarima solindi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi