16:00 / 31.07.2019
2 576

AI-91 rusumli avtobenzin birja savdolari orqali sotiladi

AI-91 rusumli avtobenzin birja savdolari orqali sotiladi
Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2019 yilning 15 avgustidan boshlab AI-91 rusumli avtobenzinni birja savdolari orqali sotishni amalga oshirish tartibi belgilandi.

Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan shaxslarning ayrim toifalariga avtobenzinni sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasini to‘lash summasi 75000 so‘m miqdorida (hozirda 66 700 so‘m) bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 15 avgustdan boshlab:

- Ai-80 markali avtomobil benzinining chakana narxi — bir litri uchun 4500 so‘m (4000 so‘m edi);
- Dizel yoqilg‘isining chakana narxi — bir litri uchun 5400 so‘m (4800 so‘m edi);
- EKO dizel yoqilg‘isining chakana narxi — bir litri uchun 5700 so‘m (4900 so‘m edi) qilib belgilanmoqda.

Bundan tashqari, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun belgilangan tariflar va narxlar ham oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AI-91 rusumli avtobenzin birja savdolari orqali sotiladi