date
views 2 431

Suvdan o‘g‘rilik qilish gunoh emasmi?

Suvdan o‘g‘rilik qilish gunoh emasmi?
Suv obi hayot, har tomchisida hayot iujassam, tabiatda butun mavjudot yashaydi. Suvni asrashimiz, oqilona foydalanishimiz bu savob ishlardan biri. Lekin, bunday qoidalarga bepisand qaraydiganlar yo‘q emas. Chunki butun mavjudot mulki hisoblangan suvdan o‘g‘rilik qilib foydalangan odamni qanday atash mumkin?

Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2014 yildagi “Suvdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda Yashnobod tumanida joylashgan sug‘urta tashkilotlaridan birining suvdan umumiy foydalanishdagi holati tekshirilganda, 2018 yil dekabrdan joriy yilning mart oyiga qadar sug‘urta tashkiloti xodimi R.X. suv tarmog‘iga o‘rnatilgan hisoblagich tamg‘asini o‘zboshimchalik bilan olib tashlab, II-III-gurux iste’molidagi ichimlik suvi va suv chiqarish xizmatidan foydalanish qoidalarini buzganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “Toshkent suv ta’minoti” unitar korxonasining 12.03.2019 yildagi qayta hisob-kitob xulosasiga ko‘ra, ushbu korxona manfaatlariga sug‘urta tashkiloti xodimi R.X. tomonidan jami 22.847.440 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.
Shundan so‘ng, R.X. tomonidan yetkazilgan 22.847.440 so‘m miqdoridagi zarar to‘liq qoplab berildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Suvdan o‘g‘rilik qilish gunoh emasmi?