
Majburiy ijro byurosi Oqqo‘rg‘on tuman bo‘lim ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan, qarzdor O.Saidovdan undiruvchi K.Abdumutalova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.
Ushbu ijro hujjatining ijrosi yuzasidan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor otadan ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar hisoblangan 198.528.000 so‘m aliment pullari undiruvchiga to‘liq undirib berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar