31 iyul kuni «O‘zbekiston» telekanali orqali jonli efirga uzatilgan «Munosabat» ko‘rsatuvida Toshkent shahar Nuroniy jamg‘armasi raisi, O‘zXDPdan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Rustam Kalonovning liberal g‘oyalar to‘g‘risida bildirgan shaxsiy fikr va xulosalari turlicha talqinlarni keltirib chiqardi hamda ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Shu munosabat bilan Xalq demokratik partiyasi rasman uzr so‘radi.
«O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi ushbu holat uchun keng jamoatchilik, xususan, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi tashkilotlari xodimlari, deputatlari hamda ko‘p ming sonli a’zolaridan uzr so‘raydi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida olib borayotgan izchil faoliyatiga hurmat bilan qaraydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi siyosiy raqobatda siyosiy madaniyat va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishini ma’lum qiladi. O‘z tizimidagi barcha xodimlari va deputatlarni ham shunga amal qilishga chaqiradi», — deyiladi bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi