«Daryo» internet nashrida Qarshi tumani IIB boshlig‘i Bahodir Arslonov tumanning «Charog‘il» hududida faoliyat yurituvchi fermer Bekzod Farmonovning xonadoniga kirib, tintuv o‘tkazgani va fermerning ayoli qo‘lidagi telefonni tortib olgani haqidagi «Militsiya boshlig‘i uyimga bostirib kirib tintuv o‘tkazgach, bolalarim qo‘rqib ketgan». Qashqadaryolik fermer IIB boshliqlarining navbatdagi zo‘ravonligini fosh etdi» sarlavhali maqola chop etilgandi.
6 avgust kuni tuman IIB boshlig‘i Bahodir Arslonov o‘z qilmishiga iqror bo‘lib, fermerdan uzr so‘radi. Fermer Bekzod Farmonov esa IIB boshlig‘ini kechirib, o‘rtadagi gina-kudratni unutishga va’da berdi.
Bekzod Farmonovning ma’lum qilishicha, muammo internet saytida e’lon qilingach, IIB boshlig‘i 5–6 marta uzr so‘ragan. Hatto fermerning dalasiga borib, dalada ham xato qilganini tan olib, bunday xatti-harakat takrorlanmasligiga va’da bergan. Fermer esa bu muammo internetda tarqalganini aytib, uzr so‘rash ham interent saytlarida e’lon qilinishini talab qilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Daryo»da Qarshi tumani IIB boshlig‘ining zo‘ravonligi xususida maqola chop etilgach, Qashqadaryo viloyat IIB ushbu maqolani rad etib chiqdi. Bundan avvalroq esa Kasbi tuman IIB boshlig‘i tumandagi fermerlarga o‘zboshimchalik bilan jazo qo‘llagani uchun Ichki ishlar vazirligi tomonidan bo‘shatilgandi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda