
Mutaxassislar o‘rikni eng foydali meva deb atashdi. O‘rikni har kuni iste’mol qilish ko‘plab xastaliklarning rivojlanishini oldini oladi. Bu haqda “Izvestiya” nashriga tayanib Sof.uz xabar qildi.
Shifokorlarning qayd etishicha, o‘rik yurak-qon tomir tizimi yoki buyrak kasalliklaridan aziyat chekuvchi kishilar uchun juda foydali hisoblanadi.
Shuningdek, bu meva homilador ayollar uchun ham foydali.
Xabarda o‘rik kam kaloriyali mahsulot ekani, biroq shunga qaramasdan uning tarkibida xolesterinni pasaytirib, butun organizmning hayotiy faolligini oshiradigan foydali moddalar mavjudligi qayd etilgan.
Qolaversa, o‘rik organizmdan toksin va shlaklarni chiqarib tashlash xususiyatiga ega. Diyetologlar ortiqcha vaznga qarshi kurashishda o‘rikning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlashgan.
O‘rikFoydali MevaXastaliklarHomilador AyollarKaloriyali MahsulotToksinlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar