Abdulla Aripov Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi

Abdulla Aripov Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi
Foto: O‘zA
Turkmanboshi shahrida o‘tayotgan birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikning joriy holati ko‘rib chiqildi.

Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumining davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Kaspiybo‘yi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

Turkmaniston prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasining forumdagi ishtirokini yuqori baholadi.
Shuningdek, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Eronning birinchi vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriy bilan ham uchrashdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar