Foto: «Xabar.uz»
O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi sobiq raisi Nurxon Nafasov va boshqalarga nisbatan sud jarayoni boshlandi.
Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati vakili Aziz Obidov ma’lum qildi.
Nurxon Nafasov va boshqalarga oid ish jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida mazmunan ko‘rib chiqilmoqda. Unga Karate milliy federatsiyasining sobiq bosh kotibi O.Qosimov va sobiq bosh buxgalteri J.Yusupov ham sudlanuvchi tariqasida jalb etilgan.
Sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 192-11 (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 228 (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.
Sud jarayoni davom etmoqda.
O‘tgan yilning oxirida N.Nafasov mojaroli tarzda O‘zbekiston Karate milliy federatsiyasi rahbarligidan chetlatilganidan so‘ng tashkilotda qo‘shhokimlik yuzaga kelgandi. Oradan ko‘p o‘tmay Milliy olimpiya qo‘mitasining (MOQ) rasmiy saytida N. Nafasovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar paydo bo‘ladi. Bosh prokuratura esa bu xabarni «aybsizlik prezumsiyasiga zid» ekanini ta’kidlab, MOQ tutgan ishni qoralab chiqqani ko‘plarning yodida bo‘lsa kerak.
Ushbu sud jarayoni N.Nafasov va MOQ sobiq rahbarlari o‘rtasidagi mojarolarga oydinlik kiritishi ehtimoli katta.
Kuzatamiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi