Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston uchun eng og‘ir masalani kadrlar saviyasi, bilimi, ilmi va fidoyiligida ko‘rishini bildirdi. Bu haqda davlat rahbari 14 avgust kuni o‘tkazilgan birinchi yarim yillikda mamlakatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilgan.
«Nima uchun bunchalik ko‘p qaror chiqyapti? Biz hammamiz izlanishdamiz, izlanish, izlanish va yana bir marta izlanish, — deya ta’kidladi davlat rahbari. — Mana shunday og‘ir sharoitda 33 yarim million aholini boqib, ularni rozi qilib, ertangi olgan katta-katta rejalarimizni amalga oshira olamizmi-yo‘qmi, degan savol hammangizni qiynashi kerak. To‘rt yarim oy vaqt qoldi yil yakunlanishiga».
«Eng katta xavf nimada bizda, degan savol meni qiynaydi. Eng katta xavf —kadrlar saviyasi, bilimi, ilmi va fidoyiligida. Ming afsus, eng og‘ir masala shu», — dedi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishdagi har kim o‘z vijdoni oldida hisob berishi kerakligini qayd etdi.
«Bugungi ish uslubimiz bizning bugungi darajamizga mutlaqo javob bermaydi. Agar sizlar o‘zgarmas ekansizlar, vaziyat o‘zgarmaydi. Bugun majlis emas, bugun vijdonimiz oldida hisobot. Shunga munosibmizmi-yo‘qmi? Imkoniyat o‘zimizning qo‘limizda. Biz shundan to‘g‘ri xulosa qilib foydalana olamizmi-yo‘qmi? Suv yo‘qligi, gaz yo‘qligi, elektr yo‘qligi… alam qilmaydimi bizga? Yangi O‘zbekistonni tuzayapmiz, hamma sohalar bo‘yicha demokratik davlat nuqtai nazaridan, oldimizda turgan katta sinovlar nuqtai nazaridan aqlimiz bilan, bilimimiz bilan, sadoqatimiz bilan odamlarni ishontira olamizmi-yo‘qmi?» — deya savol berdi Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi