
15 avgust, payshanba kuni Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobovning «Kun.uz» muxbirlariga qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan videolavha e’lon qilingan edi.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi o‘rganish o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Deputat Rasul Kusherboyev jurnalistlarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan hokim o‘rinbosari o‘z lavozimini tark etishi kerakligi haqida fikr bildirdi.
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov bilan suhbatlashdi hamda holat yuzasidan uning munosabatini e’lon qildi.
Olmazor TumaniToshkent ShaharAbdurasul VahobovKun.uzJurnalistlar Ijodiy UyushmasiHokim O‘rinbosari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar