O‘zbekistonda AI-91 rusumli benzin birjada deyarli boshlang‘ich narxda sotildi

O‘zbekistonda AI-91 rusumli benzin birjada deyarli boshlang‘ich narxda sotildi
AI-91 rusumli benzin birjada deyarli boshlang‘ich narxda sotildi. Bu haqda Tovar xom ashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.
15 avgust kuni birja savdolariga jami 720 tonna AI-91 rusumli avtomobil benzini quyildi.

Jumladan, «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MChJ birja savdolariga 600 tonna, «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJ 120 tonna AI-91 rusumli benzinini sotuv uchun qo‘ydi.

Sotuvchi tomonidan belgilanadigan AI-91 benzin uchun boshlang‘ich narx bir tonna uchun 6216,4 ming so‘mni tashkil etdi.
Savdolar yakuniga ko‘ra 746 million so‘mlik 120 tonna (savdoga qo‘yilgan hajmdan 16,7 foiz) AI-91 rusumli benzin sotilgan.

Benzinning 15 avgust uchun belgilangan birja kotirovkasi uning amaldagi boshlang‘ich narxidan deyarli oshmadi va bir tonna uchun 6,2 million so‘mni tashkil etdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar