Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining maʼlum qilishicha, Orol dengizi qurishining xavfli taʼsirini kamaytirish, hududda ekologik barqarorlikni taʼminlash uchun 2018-2019-yil qish bahor mavsumida 500 ming gektarlik oʻrmonzorlar vujudga keltirildi. 2021 va 2022-yillarda yana 700 ming gektar yerga 100 milliondan ortiq saksovul ekiladi.
2018-2019-yil kuz-qish mavsumida 500 ming gektar maydonga muhofaza oʻrmonzorlarini yaratish uchun daraxt oʻtqazilgan. Bu Ayrim mutaxassislar ushbu koʻrsatkichni 42 yillik natija bilan taqqoslagan – oʻtgan yillar davomida 400 ming gektar maydonga saksovul ekilgan.
Rejalarga koʻra, ikki yilda 700 ming gektar yer yashil hududga aylantirilishi mumkin. Shuningdek, oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan 1,5 ming tonna saksovul, 300 tonna qandim, 150 tonna qoraburoq va 50 tonna choʻl ozuqa oʻsimliklari urugʻini toʻplash, 100 million donadan ortiq saksovul koʻchati tayyorlash, 100 kilometr masofada qumni zichlash, shuningdek, choʻllanishga qarshi kurash boʻyicha xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va hamkorlik oʻrnatish rejalanmoqda.
Koʻrilgan choralar natijasida Orolboʻyida ekologik holatni barqarorlashtirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, bandlikni oshirish, chorvachilikni rivojlantirish mumkin boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi