2 724
Prezident: «O‘qituvchilarni paxtaga, ko‘cha supurishga jalb qilib, obro‘-e’tiborini tushirdik»
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Yaqin tariximizda Prezident rahbarligida hech qachon bunday yig‘ilish o‘tkazilmagan. Maktab masalasi - bu kelajak masalasi, hayot-mamot masalasi. Uni davlat, Hukumat va hokimlarning yolg‘iz o‘zi hal qilolmaydi. Bu - butun jamiyatning ishiga aylanishi kerak.
Afsuski, o‘tgan salkam 30 yil mobaynida biz bu masalaga yetarlicha e’tibor bermadik. Natijada nima bo‘ldi? Maktabni barbod qildik, o‘qituvchini ham yo‘qotdik. Bolalarda o‘qishga havas va intilish susaydi. Eng yomoni, maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy muhit yo‘qoldi. O‘qituvchi kasbining obro‘yi, nufuzi pasayib ketdi. Natijada maktabdan erkak o‘qituvchilar ketib qoldi.
O‘qituvchilarning moddiy ahvoli, mehnat sharoiti haqida bosh qotirmadik. Ularni paxtaga, ko‘cha supurishga, ularga xos bo‘lmagan ishlarga jalb qilib, obro‘-e’tiborini tushirdik. Ta’lim haqida pastdagi ahvolni o‘rganmay, haqiqiy vaziyatni bilmay yarim-yuluq qabul qilgan dasturlarimiz ko‘p hollarda chala-chulpa bajarildi.
Yangi davr o‘qituvchilarini tarbiyalash, pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion ta’lim texnologiyalari, kreativ yondashuvlar haqida deyarli o‘ylaganimiz yo‘q», - dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi