2 386
«Maktab ochgan odam bamisoli qamoqxonani yopgandek gap» — Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar davlatning faxri ekanini aytdi
23 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchilarning o‘rnini oshirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Prezident xususiy maktablarga litsenziya berish tartibi soddalashtirilgani, ularning bitiruvchilari attestat olishiga ruxsat etilganini aytdi.
«Shu o‘rinda fransuz adibi Viktor Hyugoning bir gapini sizlarga eslatmoqchiman: «Maktab ochgan odam bamisoli qamoqxonani yopgandek gap». Bu nima degani? Maktab, ta’lim, tarbiya bor joyda bolalar yomon yo‘lga kirmaydi, jinoyat sodir etmaydi. Demak, qamoqxonalarga zaruriyat qolmaydi. Shularga qo‘shimcha qilib aytmoqchiman, nafaqat maktab ochgan balki maktabda fidoyi bo‘lib ishlagan har bir o‘qituvchi, har bir ustoz ham ana shu sharafli maqomga munosib deb aytmoqchiman.
Hurmatli o‘qituvchilar, jonkuyar maktab direktorlari, soha faxriylari, biz sizlarni el-yurtning tayanchi va suyanchi deb bilamiz. Sizlar bilan doimo faxrlanamiz», — dedi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»