
Xabar berilganidek, bugun 26 avgust kuni, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqilib, Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod etildi.
Sessiyasida ishtirok etgan Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov sobiq hokim ishiga baho berar ekan, uni ko‘p marta ogohlantirganini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar bermoqda «Daryo».
— Bu bolani juda ko‘p ogohlantirganman. Qadamingni o‘ylab bosgin deganman. Yo‘q, o‘z bilganidan qolmadi. Mana qo‘limda uning qanday ishlaganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Shahardagi qilinishi zarur bo‘lgan ishlar ko‘paysa ko‘paydi kamaymadi, — degan viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar