Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan “INTER FLEKS GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyatining murojaati o‘rganib chiqildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan qarzdor Xovrenko nomidagi “Samarqand vino kombinati” aksionerlik jamiyati hisobidan undiruvchi “INTER FLEKS GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga mablag‘larni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, qarzdor Xovrenko nomidagi “Samarqand vino kombinati” aksionerlik jamiyatining bankdagi asosiy va barcha qo‘shimcha hisob-raqamlariga band solingan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” aksionerlik jamiyatidan undirilmasdan qolgan 207 mln. 586 ming so‘m miqdordagi qarz pullari to‘liq undirilib, undiruvchi “INTER FLEKS GROUP” mas’uliyati cheklangan jamiyatining bankdagi hisob-raqamiga o‘tkazib berilgan.
Shundan so‘ng undiruvchi “INTER FLEKS GROUP” ma’suliyati cheklangan jamiyatining rahbariyati ushbu ijro hujjatida ko‘rsatilgan qarz pullarini to‘liq olganligi bildirib, ijro ishi yurituvini tamomlashni so‘ragan. Shunga asosan, ijro hujjati tamomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi