“Toshkent” avtovokzalidan harakatlanayotgan shaharlararo mahalliy yo‘nalishlardagi avtobus qatnovlariga chiptalarni onlayn tarzda xarid qilish imkonini taqdim etuvchi https://avtoticket.uz/ sayti ishga tushdi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur onlayn platforma aholining barcha qatlamiga yuqori darajada qulaylik yaratish maqsadida sodda va tushunarli tarzda ishlab chiqilgan. Chiptalarga to‘lovni amalga oshirish jarayoni butunlay avtomatlashtirilgani mazkur jarayondagi turli xil noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Onlayn platforma yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha yangi yechimlarni taqdim etadi. Bu yerda “Toshkent” avtovokzalidan amalga oshiriluvchi barcha qatnovlar bo‘yicha uch kunlik ma’lumotlar, avtobuslardagi bo‘sh o‘rindiqlar soni, avtobuslarning jo‘nash vaqti, modeli haqidagi batafsil ma’lumotlar mavjud.
Ayni damda platforma orqali “Toshkent” avtovokzalidan amalga oshiriluvchi reyslargagina chiptalarni sotib olish mumkin, yaqin orada mamlakatning barcha hududlaridan chiptalarni onlayn xarid qilish imkoni to‘liq yaratilishi aytiladi. Shuningdek, hozirda ushbu onlayn platformaning mobil ilovasini yaratish borasidagi ishlar olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?