O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lum qildi. Bugun, 29 avgust kuni tashkilotda yig‘ilish o‘tkazilgan va unda Quronboyev ishdan ketgani e’lon qilingan.
Qahramon Quronboyev 2017 yil 30 iyunda tashkil etilgan Yoshlar Ittifoqi faoliyat boshlaganidan buyon harakatga rahbarlik qilib keladi. Yoshlar Ittifoqi sobiq «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati negizida tashkil etilgandi.
Qahramon Quronboyev 2018 yil 5 iyun kuni vodiyda kelin-kuyovning to‘y kortejini to‘xtatib, ularni taksiga o‘tirg‘izib yuborganini OAV bilan uchrashuv vaqtida aytganidan so‘ng keskin tanqidlar ostida qolib ketgan va Quronboyevning bu harakatini prezident Shavkat Mirziyeyov ham qoralagandi.
Quronboyevning yangi lavozimi ham aniq. U davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi