17:00 / 30.08.2019
2 731

Energiya resurslaridan qonuniy foydalaning hurmatli tadbirkorlar!

Energiya resurslaridan qonuniy foydalaning hurmatli tadbirkorlar!
Majburiy ijro byurosining Andijon viloyat Ulug‘nor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Urganch qishlog‘ida faoliyat olib borayotgan ko‘p tarmoqli MJCh tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 12.01.2018 yildagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan elektr energiyasi foydalanish qoidalariga zid ravishda elektr energiyasiga tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olib foydalanganligi oqibatida davlatga 87 mln 430 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi, yetkazilgan zarar to‘liq undirildi.

Xuddi shuningdek, 2019 yil 25 iyul kuni Shahrixon tumani “Quruqsoy” MFY xududdidagi Trikotaj maxsulotlari ishlab chikarish oilaviy korxonasi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olib foydalanganligi oqibatida 32 mln 664 ming so‘m davlatga zarar yetkazganligi aniqlandi, zararlarni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari 2019 yil 17 avgust kuni navbatdagi o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Andijon shahar “Obod” MFY Loyihaviy ko‘chasida yashovchi fuqaro o‘z yashash xonadonida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan shirinliklar ishlab chiqarish sexi tashkil etib, noqonuniy tadbirkorlik faoliyati olib borish bilan birga o‘z yashash uyiga o‘rnatilgan elektr xisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, ya’ni hisoblagichni sun’iy ravishda to‘xtatib elektr energiyasidan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, 2019 yil 29 avgust kuni Asaka tumani “Obod” MFY hududida faoliyat yurituvchi xususiy korxona elektr tarmoqlari bilan shartnoma tuzmasdan, o‘zboshimchalik bilan ulanib sement maxsulotlaridan shlakablok ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib hozirda ushbu holat bo‘yicha MIB Asaka tuman bo‘limi tomonidan dastlabki hujjatlar to‘planib tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tezkor tadbirlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Energiya resurslaridan qonuniy foydalaning hurmatli tadbirkorlar!