20:50 / 02.09.2019
8 846

Otabek Umarov mushakbozlik fonida rafiqasi bilan birga tushgan videoselfisini e’lon qildi

Otabek Umarov mushakbozlik fonida rafiqasi bilan birga tushgan videoselfisini e’lon qildi
Otabek Umarov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Toshkentdagi bayram mushakbozligi fonida rafiqasi Shahnoza Mirziyoyeva bilan birga tushgan videoselfisini e’lon qildi. Videoga: «Mustaqillik bayramimiz yana bir bor barchamizga muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!», — degan tilak ilova qilingan.

Shahnoza Mirziyoyeva — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja qizidir. U ayni vaqtda Maktabgacha ta’lim vazirligining Maktabgacha ta’lim sohasi siyosatini shakllantirish va yuritish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib bormoqda.

Shahnoza Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i Otabek Umarov rasman Prezident davlat xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari va O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat olib bormoqda. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida muntazam oilaviy suratlarni e’lon qilib boradi.

Ushbu videoni quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: VIDEO

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Otabek Umarov mushakbozlik fonida rafiqasi bilan birga tushgan videoselfisini e’lon qildi