15:50 / 03.09.2019
3 502

Ko‘rshapalak uyasini topib beraman deb tanishini "5000 dollarga uxlatgan" firibgar qo‘lga olindi

Ko‘rshapalak uyasini topib beraman deb tanishini "5000 dollarga uxlatgan" firibgar qo‘lga olindi
2019 yil 2 sentyabr kuni Jizzax viloyatining G‘allaorol tuman IIBdan hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Ularga ko‘ra, shu yil 20 mart kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida yashovchi 33 yoshli D.N. Sarbozor mahallasida joylashgan “Mingchinor” choyxonasida tanishi, Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 38 yoshli A.U.ga saraton va boshqa turdagi og‘ir kasalliklarga davo bo‘luvchi ko‘rshapalak uyasini topib berishini va’da qilib, aldov yo‘li bilan undan 5 000 AQSh dollari olganligi va shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.N. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘rshapalak uyasini topib beraman deb tanishini "5000 dollarga uxlatgan" firibgar qo‘lga olindi