17:30 / 03.09.2019
3 857

Toshkent sirkidagi tomosha vaqtida gimnastikachi qiz balandlikdan tushib ketdi

Toshkent sirkidagi tomosha vaqtida gimnastikachi qiz balandlikdan tushib ketdi
Foto: Francisco Anzola
Joriy yilning 1 sentyabr kuni “O‘zbek davlat sirki”da bo‘lib o‘tgan tomosha vaqtida Irina Valter arenadan, balandlikda (havoda) “Juftlik polotno” nomerini amalga oshirayotgan so‘ngi daqiqada yiqilib tushdi.

Madaniyat vazirligi tarqatgan ma’lumotda aytilishicha, 1983 yilda tug‘ilgan Irina Valter sirkda 15 yildan ortiq ishlagan artistdir. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar kuzatilganda, Irina Valterning arenada yotgan holatini kuzatish mumkin.

Qayd etilishicha, Irina Valterga o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra chap oyoq bo‘g‘imlarining cho‘zilish tashxisi qo‘yildi.
Hozirda Irina Valterning ahvoli yaxshi, uy sharoitida davolanish ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi vazirlik ma’lumotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent sirkidagi tomosha vaqtida gimnastikachi qiz balandlikdan tushib ketdi