Bojxonachilar tomonidan tarkibida psixotrop va giyohvandlik moddalari mavjud bo‘lgan dori vositalarining respublikamizga noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklari fosh qilindi.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Almata-Nukus” xalqaro yo‘lovchi poyezdining yo‘lovchilaridan biri, xorijiy fuqaro J.R.ning yuklari tekshirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida deklaratsiyalanmagan hamda bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan tarkibida giyohvandlik moddasi mavjud bo‘lgan 50 dona “Tramadol lannaxer” nomli dori vositalarini bojxona nazoratidan yashirib olib kelayotgani fosh etildi.
Shuningdek, “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fuqarolar Sh.O‘. va V.N. nomiga xorijdan borilgan pochta jo‘natmalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan tarkibida psixotrop moddasi bo‘lgan 30 dona “Dexamol” hamda 20 dona “Fenazepam” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?