18:58 / 04.09.2019
4 598

Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ...

Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ...
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 25.03.2016 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor V.Salyaxovdan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oylik ish haqining 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 07.04.2016 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritilib, ijro harakatlari olib borilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida, 30.04.2016 yilda qarzdor V.Salyaxov ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror bilan tanishtirilib, aliment to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida majburiyatnoma olinib, Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan ogohlantirilgan va 12.365.980 so‘m miqdorida aliment pullari undirilgan.

To‘g‘ri xulosa chiqarmagan alimentchi ota 12.08.2019 yilda bo‘lim tomonidan 2016 yil may oyidan 2019 yil avgust oyiga qadar bo‘lgan qarzdorligi qayta hisoblanib, 7.427.183 so‘m miqtorida aliment qarzi mavjudligi aniqlangan.

Mazkur qarzdorlikni to‘lamaganligi sababli, 2019 yil 23 avgust kuni unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ...