10:37 / 05.09.2019
4 240

Xalq ta’limi vaziri Toshkentdagi Shavkat Mirziyoyev sharoitlarini tanqid qilgan maktabda bo‘ldi (video)

Xalq ta’limi vaziri Toshkentdagi Shavkat Mirziyoyev sharoitlarini tanqid qilgan maktabda bo‘ldi (video)
Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati
4 sentyabr kuni O‘zbekistondagi 9904 ta davlat umumta’lim muassasalarida «Bilimlar kuni»ga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov shu kuni Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 238-umumta’lim maktabiga keldi.

Vazir maktab xodimlari, ota-onalar va o‘quvchilarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan qutladi. O‘quvchilarni yaratilayotgan barcha sharoitlardan unumli foydalangan holda puxta bilim olishga chaqirdi.

Sherzod Shermatov maktabning 1-sinf o‘quvchilariga «Prezident sovg‘asi»ni topshirdi.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati
Bu yil «Prezident sovg‘asi» tarkibidagi mahsulotlarning sifatiga katta ahamiyat berilgan. Jumladan, o‘quvchilarga yorug‘lik qaytargich elementlari bo‘lgan portfellar topshirildi. Bunday portfellar bolalarning yo‘lda harakatlanganida xavfsizligini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 10 may kuni Uchtepa tumaniga tashrifi davomida 238-maktab holatini tanqid qilgan edi. Shuningdek, maktab quvvatini oshirish hamda shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgandi.

3,5 oy davomida olib borilgan qurilish va ta’mirlash ishlari natijasida maktab quvvati 1200 dan 2100 ga oshdi. Bolalar uchun o‘qish, sport bilan shug‘ullanish uchun qo‘shimcha 300 xonadan iborat 900 o‘rinli ikkita korpus, 220 o‘rinli faollar zali, maxsus fan xonalari, 4 ta lingafon xonasi, 2 ta sport zalini o‘z ichiga olgan sport kompleksi, zamonaviy stadionlar qurilib, foydalanishga topshirildi.

Shavkat Mirziyoyevning Uchtepa tumaniga tashrifidan so‘ng, Toshkent shahridagi maktablardagi shart-sharoitlar o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida qurilganidan beri ta’mirlanmagan va rekonstruksiya qilinmagan 16 ta maktab aniqlandi.

Natijada Vazirlar Mahkamasining 2019 yilning 17 avgust kuni «Toshkent shahri umumta’lim maktablari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 2019—2020 yillarda Toshkent shahrida yangi maktablar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda jihozlash uchun 800 milliard so‘m ajratiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalq ta’limi vaziri Toshkentdagi Shavkat Mirziyoyev sharoitlarini tanqid qilgan maktabda bo‘ldi (video)