Qonunchilikka ko‘ra, ayrim hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yo‘qotilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi eslatma bilan chiqdi.
Ushbu holatlar sirasiga quyidagilar kiradi:
- shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;
- agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;
- agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa;
- agar shaxs chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa;
- agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa.
Chet davlatning fuqaroligini qabul qilgan shaxs ushbu fakt haqida 30 kun ichida O‘zbekiston Respublikasining ichki ishlar organlariga yoki chet eldagi konsullik muassasalariga xabar berishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni chiqqan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotiladi.
Bundan oldin, 1150 kishi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishi mumkin ekani, ularning ro‘yxati e’lon qilingani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?