Samarqandda joriy yil 9-10 iyul kunlari hadis ilmi maktabiga qabul imtihonlari o‘tkazilgandi. Imtihonlarda qatnashgan 100 nafarga yaqin talabgorlar orasidan 12 nafar iqtidorli yoshlar saralanib, oliygoh maqomidagi mazkur maktabga qabul qilindi.
Bugun, 5 sentyabrdan mazkur maktabda ilk o‘quv yili boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Samarqand viloyat vakilligi ma’lum qildi.
2018 yil 16 apreldagi «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligida Samarqandda hadis ilmi maktabi tashkil etilgandi.
Maktabdagi ta’lim jarayonining bugungi ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita vakili, Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari ham ishtirok etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi