13:26 / 06.09.2019
2 435

Oliy ta’limda sifat va samaradorlikni oshirishda Buyuk Britaniya tajribasidan foydalaniladi

Oliy ta’limda sifat va samaradorlikni oshirishda Buyuk Britaniya tajribasidan foydalaniladi
5 sentyabr kuni oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi direktori Reychel Aylend, Advance HE ijrochi direktori Alison Jons va tashkilot katta maslahatchisi Jo Shafferlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda jahonda ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan bugungi kun talbalari, O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish borasidagi muammolar, ularni bartaraf etish omillari va istiqbollari, mazkur jarayonlarda ikki tomonlama hamkorlik borasida fikr almashildi.

Shuningdek, OTMlar mustaqilligini ta’minlash, akademik va moliyaviy mustaqillikka erishishning universitetlar faoliyatidagi ahamiyati, bu jarayonga oliy ta’lim muassasasining o‘zining to‘g‘ri munosabatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, 2019 yilning 4-5 sentyabr kunlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tashabbusi bilan OTMlar rektorlari va mas’ul xodimlari uchun Buyuk Britaniyaning Advance HE tashkiloti ekspertlari ishtirokida xalqaro o‘quv-seminari o‘tkazildi.

O‘quv-seminari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Britaniya Kengashi hamkorligida shu yilning may oyidan boshlangan Higher Education for employability (Ish bilan ta’minlashda oliy ta’limning ahamiyati) loyihasi doirasida tashkil qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oliy ta’limda sifat va samaradorlikni oshirishda Buyuk Britaniya tajribasidan foydalaniladi