13:50 / 06.09.2019
3 434

Qidiruvdagi ota birinchi oilasiga 75 mln. so‘m, ikkinchisiga 79 mln. so‘m to‘lab qutildi

Qidiruvdagi ota birinchi oilasiga 75 mln. so‘m, ikkinchisiga 79 mln. so‘m to‘lab qutildi
Oila muqaddas, oila millat sharafini yuqori martabaga ko‘taradigan madaniyat o‘chog‘idir.
Shunday ekan, oilani muqaddas bilib, uning qadriga yetgan jamiyat va millatning mustahkam poydevoriga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan hisoblanadi.

Biroq, yurtdoshlarimiz orasida bu muqaddas qo‘rg‘onga befarq bo‘layotganlar ham uchrab turibdi.
Hususan, Sho‘rchi tumanida yashovchi F.Qurbonov bir emas ikki marta oila qurib, ikkala oilada ham bir nafardan farzandlarning tirik yetim bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ldi.

Endilikda, F.Qurbonovning oldida voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti turibdi. Aliment to‘lash majburiyatidan qochib bo‘lmaydi bunga mamlakatimiz qonunlari ham yo‘l qo‘ymaydi.

F.Qurbonovdan fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining 2013 yil 22-dekabrdagi buyrug‘iga asosan birinchi oilasidagi bir nafar farzandiga hamda 2016 yil 7-iyuldagi sud buyrug‘iga asosan ikkinchi oilasidagi farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Poydevori dars ketgan har ikkala oiladagi norasida farzanlarining moddiy ta’minot bilan ta’minlash F.Qurbonov uchun biroz og‘irlik qildimi, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yashash manzilida hech kimga ko‘rinish bermay qochib yurdi. Aliment undirish majburiyati Byuroning Sho‘rchi tuman bo‘limi zimmasida ekan bo‘lim xodimlari barcha undirish choralarini ko‘rib, mahallasidan bir necha bor topaolmagach F.Qurbonovga nisbatan joriy yilning 10 avgust kuni qidiruv qarori e’lon qilindi.

MIBdan qochib ketib bo‘lmasligi tushinib yetgan ota aliment pullarini olindan to‘lab qo‘yishni avzal ko‘rdi va Byuroning Sho‘rchi tuman bo‘limiga kelib, aliment pullarini davlat ijrochisi oldindan hisoblab har ikkala farzandlarining voyaga etgunga qadar bo‘lgan aliment pullarini ya’ni birinchi oilasidagi farzandi uchun 75 million, ikkinchi oilasidagi farzandi uchun 79 million jami 154 million so‘mni to‘liq to‘lab berdi.

Bu bilan F.Qurbonov o‘zining tinchligini o‘yladimi yoki farzandlari oldida majburiyatni bajarmaslikka vijdoni yo‘l qo‘ymadimi xullas bir vaqtning o‘zida imkoniyatidan kelib chiqib ijro hujjatlarini tamomladi.
Shuningdek, F.Qurbonovga nisbatan e’lon qilingan qidiruv qarori hamda unga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlar bekor qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvdagi ota birinchi oilasiga 75 mln. so‘m, ikkinchisiga 79 mln. so‘m to‘lab qutildi