4 094
Oqdaryo tumanida "Agrobank" xodimlari pichoqlangani haqidagi xabar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
7 sentyabr kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hokimligida davlat xizmatchilari bo‘lgan uch kishi noma’lum shaxs tomonidan pichoqlangani to‘g‘risida xabar tarqalgandi. Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ushbu hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etdi.
«To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, 2019 yil 6 sentyabr kuni soat 18:00larda Oqdaryo tumanida A.B. spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda tuman «Agrobank» binosiga kelib, hech bir sababsiz janjal chiqarib, yonida bo‘lgan yig‘ma pichoq bilan bank xodimlari N.Sh., U.H. va Qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi R.J.ni urib, tan jarohati yetkazgan vaqtda binoda xizmat olib borayotgan tuman IIB xodimlari tomonidan ushlanib, undan bir dona yig‘ma pichoq daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan 6 sentyabr kuni Oqdaryo tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan», deyiladi xabarda.
6 sentyabr kuni hodisa oqibatida tan jarohati olgan uch kishiga nisbatan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
7 sentyabr kuni kuni A.B. JKning 104-moddasi 1-qismi («Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish») bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, shu kuni JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining qidiruvdagi o‘g‘li Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi