Foto: «apps.apple.com»
Amerika Qo‘shma Shtatlarining global media Agentligi (USAGM) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonovning «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi o‘zbek xizmati – «Ozodlik» radiosi tomonidan jurnalistik etika qoidalarini buzganliklari to‘g‘risidagi bayonotiga izoh berdi, deb xabar bermoqda AOKA axborot xizmati.
USAGM – Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatining mustaqil agentligi bo‘lib, uning tarkibiga «Amerika ovozi», «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi (RFE/RL) va boshqa radioeshittirish tuzilmalari kiradi.
Amerika agentligining bosh ijrochi direktori Jon Lensingning ta’kidlashicha, USAGM jurnalistik etika qoidalari buzilishiga oid barcha bayonotlarga jiddiy yondashadi hamda «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosining biror xizmati yoki jurnalistining noto‘g‘ri talqinlariga yo‘l qo‘ymaydi va oqlamaydi. Agentlik rahbari «xolislik va beg‘arazlikning eng yuqori standartlariga rioya qilish muhimligini» ta’kidladi, chunki ular, Jon Lensingning qayd qilishicha, AQSh global media agentligi ham amal qiladigan «asosiy tamoyillardir».
«RFE/RL»ning qayta tayinlangan prezidenti va bosh ijrochi direktori Jeymi Flay «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi o‘zbek xizmati faoliyati bilan bog‘liq tashvishlar yetkazilgani uchun minnatdorchilik bildirdi va keltirilgan faktlarni batafsil o‘rganishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori «Ozod Yevropa/Radio Ozodlik» radiosi o‘zbek xizmatining ish uslubiga nisbatan o‘z xavotirini bildirgan va ushbu radioeshittirishlar tashkilotining O‘zbekiston bilan bog‘liq faoliyatida noxolislik va noprofessionallik mavjudligini qayd etgan edi.
Shuningdek, Agentlik direktori «Ozodlik» radiosi tomonidan aldamchilik bilan axborot yig‘ish, audioyozuvlarni soxtalashtirish va «soxta akkaunt»lardan asossiz ma’lumotlarni tarqatish uchun foydalanish holatlarini aytib o‘tgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi