14:13 / 09.09.2019
2 282

Qurilish ob’ektlari qiymatiga o‘zgartirishlar kiritish tartibi tasdiqlandi

Qurilish ob’ektlari qiymatiga o‘zgartirishlar kiritish tartibi tasdiqlandi
Markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish ob’ektlarining hisoblangan qiymatini ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar kiritish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Hujjat Prezidentning 2018 yil 14 noyabrdagi PF-5577-son Farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan va loyiha-smeta hujjatlariga (LSH) o‘zgartirishlar kiritilganda qurilish, rekonstruksiya va mukammal ta’mirlash ob’ektlari qiymatini aniqlashtirish va moliyalashtirish bo‘yicha xulosalarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish mexanizmini belgilaydi.

Nizom har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturi (2020 yildan – 3 yil uchun qabul qilinadi) doirasida markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish ob’ektlariga nisbatan tatbiq etiladi.

Uning natijasida quyidagilarning narxi oshib ketadigan LSHlariga o‘zgartirishlar kiritish (asosli ravishda loyiha yechimlarini yaxshilash, shuningdek, ishlab chiqilgan loyihada ilgari yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida) masalalari ko‘rib chiqiladi:

• tenderlar yoki tanlovlar natijalari bo‘yicha aniqlangan shartnoma qiymati (yildan yilga o‘tuvchi ob’ektlarning qoldiq qiymatini qayta hisoblab chiqish holatlaridan tashqari, davlat ekspertiza organlarining tegishli xulosasi asosida ob’ektning fizik ish hajmlari, boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashtirish, foydalaniladigan resurslarni o‘zgartirish hamda loyihani tuzatish);

• bosh pudratchi tashkilotning Prezident yoki Hukumatning qarorlariga ko‘ra belgilangan ob’ektlar bo‘yicha smeta qiymati (yildan yilga o‘tuvchi ob’ektning qoldiq qiymatini qayta hisoblab chiqish, shuningdek, ob’ektning fizik ish hajmlarini, boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini aniqlashtirish hamda loyihani tuzatish, foydalaniladigan resurslarni va ularning narxlarini o‘zgartirish).

Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartib-taomili

Ob’ekt qiymatining oshishi asoslanganligini ko‘rib chiqish uchun vazirliklar va idoralar, viloyatlar hokimliklari, davlat korxonalari (tashabbuskorlar) bir vaqtning o‘zida:

• qurilish, moliya hamda iqtisodiyot va sanoat vazirliklariga;
• chet el kreditlari va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’ektlar bo‘yicha - Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga murojaat etadi.

Quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
• tashabbuskorlar rahbarlarining loyihaga o‘zgartirishlar kiritishning aniq sabablari ko‘rsatilgan holda tegishli bayonnomasining asl nusxasi;
• ilgari tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan va qayta ko‘rib chiqishga tavsiya qilinayotgan asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar (loyiha-smeta ko‘rsatkichlari);
• ilgari tasdiqlangan loyiha bo‘yicha axborot: loyihalashtirish topshirig‘i, yig‘ma resurs smetasi, ekspert xulosalari;
• tasdiqlangan shaklga muvofiq tuzilgan va o‘zgartirilgan loyihaning asosiy ko‘rsatkichlari;
• aniqlashtirilgan yig‘ma resurs smetasi va yig‘ma ma’lumot;
• ob’ektni qurish qiymatining yig‘ma resurs smetasi boblarining xarajatlar turlari bo‘yicha taqsimlangan qiyosiy ro‘yxati;
• qurilish narxining oshib ketishiga sabab bo‘lgan chizmalar va hisob-kitoblar;
• loyihani qayta ko‘rib chiqish mobaynida vujudga kelgan, loyihani yoki uning alohida qismlarini qo‘shimcha kelishish to‘g‘risidagi zarur hujjatlar;
• tashabbuskorlarning tender yoki tanlov komissiyasining kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha bayonnomasi.

Materiallar mas’ul vazirliklar tomonidan xulosalar (ijobiy yoki salbiy) berilgan holda 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Qurilish vazirligi ularni jamlaydi va masala ijobiy hal qilinganda 6 ish kuni ichida Adliya vazirligi bilan kelishilgan qaror loyihasini tayyorlaydi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Asossiz ravishda debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarni shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kiritilayotgan qo‘shimcha o‘zgartirishlar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori tasdiqlangunga va ob’ektni foydalanishga topshirish muddati uzaytirilgunga qadar qurilish-montaj ishlarini bajarish to‘xtatib turiladi.

Hujjat 6.09.2019 yildan kuchga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qurilish ob’ektlari qiymatiga o‘zgartirishlar kiritish tartibi tasdiqlandi