3 491
Viloyat hokimi «Qo‘qon ushshog‘i»dan to‘rt misra o‘qigan olimga «Nexia-3» sovg‘a qildi
Qo‘qon shahrida ilk bor o‘tkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirish jarayonida Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev shahar faollari va viloyat rahbarlari uchun yig‘ilish o‘tkazgan.
Jurnalist Gulbahor Saidg‘aniyevaning yozishicha, kutilmaganda mavzu Qo‘qon adabiy muhiti, milliy qo‘shiqchilik san’ati tomonga yo‘naldi. Viloyat rahbari Qo‘qon tarixi, madaniyati bilan bog‘liq fikrlarni bildirar ekan, «Qo‘qon ushshog‘i» mumtoz qo‘shig‘ining muallifi kimligini yig‘ilish qatnashchilaridan kutilmaganda so‘rab qoladi. Ushbu savolga javob berib, g‘azaldan to‘rt misra aytib bera olgan odamga 5 million so‘m mukofot e’lon qilindi. Javob topilavermagach ushbu pul miqdori keyin 20 millionga ko‘tarildi. Va nihoyat mablag‘ miqdori 100 millionga yetdi.
Qo‘qon adabiyot muzeyi mudiri Abdullatif Turdaliyev ushbu qo‘shiq g‘azali muallifi Yusuf Saryomiy ekanligini bildirib, qo‘shiq matnidan parcha aytib berdi.
Viloyat hokimi olimni mukofot tariqasida «Nexia-3» rusumli avtomobil bilan taqdirladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi