2019-yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi.
Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qarorga koʻra:
- mashinada terilgan 1 t paxta uchun – 600 000 soʻm xizmat haqi;
- qoʻlda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda – 800 soʻmdan, ikkinchi terimda – 1200 soʻmdan;
- mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln soʻmdan, terim markazlari rahbarlariga 3 mln soʻmdan mehnat haqi toʻlanadi.
Shuningdek, paxta toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga va klasterlarga paxtani terib olish uchun banklar tomonidan yillik 16 foiz stavkada kredit ajratiladi.
Bundan tashqari, qarorga koʻra 2019-yil hosilini qisqa muddatda yigʻib olish, terimchilar bilan oʻz muddatida hisob-kitob qilish uchun Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 2020-yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi