2019-yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi.
Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Qarorga koʻra:
- mashinada terilgan 1 t paxta uchun – 600 000 soʻm xizmat haqi;
- qoʻlda terilgan 1 kg paxta uchun birinchi terimda – 800 soʻmdan, ikkinchi terimda – 1200 soʻmdan;
- mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 mln soʻmdan, terim markazlari rahbarlariga 3 mln soʻmdan mehnat haqi toʻlanadi.
Shuningdek, paxta toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga va klasterlarga paxtani terib olish uchun banklar tomonidan yillik 16 foiz stavkada kredit ajratiladi.
Bundan tashqari, qarorga koʻra 2019-yil hosilini qisqa muddatda yigʻib olish, terimchilar bilan oʻz muddatida hisob-kitob qilish uchun Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 2020-yilda qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi