Yaqinda qabul qilinishi rejalashtirilayotgan Davlat qabul komissiyasi qarori bilan, super-kontrakt narxlari arzonlashishi kutilmoqda. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev yozmoqda.
Bunga sabab super-kontrakt narxlari stipendiyasiz to‘lanadigan kontrakt miqdoriga nisbatan belgilanadi.
Shunchaki misol uchun:
O‘tgan yili super-kontrakt miqdori 11 mln so‘mning 15 barobari, ya’ni 165 mln so‘m etib belgilangan bo‘lsa, joriy yilda 1 yillik stipendiya miqdori (4,8 mln so‘m) chegirib tashlanib, 6 mln 200 ming so‘mning 15 barobari, ya’ni 93 mln so‘m etib belgilanadi.
Boshqacha aytganda super-kontrakt miqdorlari quyidagicha kamayadi:
10 barobarda - 48 mln so‘mga;
15 barobarda - 72 mln so‘mga;
20 barobarda - 96 mln so‘mga;
25 barobarda - 120 mln so‘mga.
Faqat birgina jihati, joriy yildan boshlab Davlat qabul komissiyasi super-kontraktning faqat minimum miqdorini belgilab beradi, OTMlar shu minimumdan kam bo‘lmagan holatda super-kontrakt narxini o‘zlari mustaqil belgilash huquqiga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi