12:50 / 12.09.2019
3 134

Yangi soliq kodeksi loyihasi keng muhokama qilindi

Yangi  soliq kodeksi loyihasi keng muhokama qilindi
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda Davlat Soliq Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Mubin Mirzayev, soha xodimlari, tadbirkorlik subyektlari va ularning hisobchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda taʼkidlandiki, Soliq kodeksining yangi tahriri soliqlar sonini kamaytirishdan tashqari, soliq toʻlovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan.

- Men ushbu tadbirda yangi tahrirdagi Soliq kodeksida belgilangan soliq tekshiruvlari boʻyicha maʼruza qildim –deydi, Davlat Soliq Qoʻmitasi Soliq nazorati va ekspress oʻrganishlarni oʻtkazish boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Ulugʻbek Nabiyev. Sir emaski, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Qulay tadbirkorlik muhitini yaratishda zarur boʻlgan jihatlar, imtiyoz va qulayliklar yangi tahrirdagi soliq kodeksida ham oʻz aksini topgan boʻlib, bunda tadbirkorlarning faoliyati davomida duch kelayotgan ayrim muammolarini qonuniy hal etishga qaratilgan yangi bandlar kiritilgan.

Shuningdek, yangi kodeks loyihasida soliq qonunchiligini yanada soddalashtirish, soliqlarni va boshqa toʻlovlarning sonini kamaytirishga eʼtibor qaratilgan. Oʻzbekistonning yangi soliq kodeksi loyihasini ishlab chiqish jarayonida Davlat soliq qoʻmitasi mutaxassislari, Moliya vazirligi, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Jahon banki va boshqa xalqaro ekspertlar ishtirok etgan.

Har bir shaxs ushbu kodeks loyihasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashga majburdirlar. Hech kimga ushbu kodeksda nazarda tutilmagan yoxud uning meʼyorlarini buzgan holda oʻrnatilgan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyati qoʻyilmaydi.

Muxtasar aytganda, sohaga oid amalga oshirilayotgan ishlar byudjet daromadlarini oshirish, aholining turmush farovonligini yuksaltirish hamda mamlakatimiz taraqqiyotini izchil taʼminlashga xizmat qiladi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi soliq kodeksi loyihasi keng muhokama qilindi