Foto: Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Toshkentning Yunusobod tumanidagi «Xiyobontepa» MFY Bodomzor 10-tor ko‘chasida joylashgan 3-A, 5-A va 3-uylarda yong‘in sodir bo‘ldi. Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar 12 sentyabr kuni soat 02:34 da kelib tushgan.
Voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 02:39 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 03:07 da qurshab olingan va 03:19 da to‘liq bartaraf etilgan.
Foto: Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida 3-A-uyning 120 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in maydoni kengayishi oqibatida 5-A va 3-uylarning 30 kvadrat metr va 10 kvadrat metr maydondan tom qismlari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning jami 590 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Foto: Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Yong‘inning qo‘shni binolarga tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmaganligi va yong‘inga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab bo‘lgan. Hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)