18:00 / 12.09.2019
3 500

Yunusobod tumanida uchta yonma-yon uyda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)

Yunusobod tumanida uchta yonma-yon uyda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)
Foto: Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Toshkentning Yunusobod tumanidagi «Xiyobontepa» MFY Bodomzor 10-tor ko‘chasida joylashgan 3-A, 5-A va 3-uylarda yong‘in sodir bo‘ldi. Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar 12 sentyabr kuni soat 02:34 da kelib tushgan.

Voqea joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Birinchi bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 02:39 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 03:07 da qurshab olingan va 03:19 da to‘liq bartaraf etilgan.

Foto: Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida 3-A-uyning 120 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in maydoni kengayishi oqibatida 5-A va 3-uylarning 30 kvadrat metr va 10 kvadrat metr maydondan tom qismlari yonib zararlangan. Yong‘indan uylarning jami 590 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Foto: Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi
Yong‘inning qo‘shni binolarga tarqalishiga uylarni qurishda yong‘inga qarshi oraliq masofalar inobatga olinmaganligi va yong‘inga qarshi devorlar qurilmaganligi sabab bo‘lgan. Hodisaning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobod tumanida uchta yonma-yon uyda yong‘in sodir bo‘ldi (foto)