Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari harbiy aviatsiya delegatsiyasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga tashrif buyurgani haqida xabar berilgandi. Tashrif davomida mehmonlar O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlariga tegishli harbiy qismlardan birida joylashgan harbiy aerodromda hamkorlikdagi treninglar va parvozlarni amalga oshirdi.
Parvozlar turli iqlim sharoitlarida — tog‘li va sahro, tungi ko‘rish moslamalaridan foydalangan holda o‘tkazildi.
Xorijlik harbiy mutaxassislar o‘zlarining nazariy tajribalari bilan bo‘lishganidan so‘ng, o‘zbekistonlik uchuvchilar olingan bilim va ko‘nikmalarni amalda sinab ko‘rdi. Buning uchun ikkita maxsus vertolyot tayyorlanib, hamkorlikda parvozlar amalga oshirildi.
Ta’kidlanishicha, juda past balandlikda kuchli kesishgan hududlarda parvozlarni amalga oshirish eng murakkab jarayon hisoblanadi. Bu kabi sharoitda uchish uchun katta tajribaga ega professional uchuvchilar tanlab olinadi. AQShdan kelgan harbiy uchuvchilar o‘zbekistonlik uchunchilar yordamida baland tog‘ daralari ustidan parvoz qilib, mahalliy hududning ajoyib manzaralarni suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.
AQSh Qurolli kuchlari uchuvchisi podpolkovnik Bred Xouning qayd etishicha, tashrifdan maqsad — O‘zbekiston bilan vertolyot va transport aviatsiyasi sohasida uchuvchilarni tayyorlash sohasida hamkorlikni olib borish.
“O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlarining uchuvchilari boshqaruvida parvozlarni amalga oshirdik. To‘g‘risini aytaman, ular yuqorida darajadagi parvozlarni namoyish etdi. Missisipi shtatidan bo‘lgan uchuvchilarimiz uchun bu haqiqiy master-klass. Bizda mashg‘ulotlar asosan tekkis hududlarda amalga oshiriladi, shu sabab uchuvchilarimizning tayyorgarlik darajasini oshishi uchun sizning tajribangiz muhim ahamiyatga ega”, — deydi Xou.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
kommunikatsiyalar departamenti
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi