
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi va Senati Kengashining qo‘shma majlisida «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror loyihasi muhokamasi o‘tkazilib, muhokama yakunida qaror bir ovozdan ma’qullandi.
Muhokamada bloger, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kelin-kuyovlarning to‘yxonaga kelishi va ketishi bilan bog‘liq tadbirlarda 3 tadan ko‘p bo‘lgan yengil avtomashinalar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, degan mazmundagi yangilikka o‘z fikrlarini bildirdi.
«Qaror e’lon qilingandan so‘ng jamoatchilik qanday fikr bildirishini o‘ylab ko‘rish zarur. Misol uchun, kortejlar masalasida ham o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi. Nega 4 yoki 5 ta emas, aynan 3ta?» - deya savol bilan murojaat qildi Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Blogerning ma’lum qilishicha, uning to‘yida ham aynan 3 ta yengil avtomashina ishtirok etgan.
O‘zbekiston RespublikasiQonunchilik PalatasiTo‘y HashamlarKelin KuyovlarYengil AvtomashinalarXushnudbek Xudoyberdiyev O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar